YouTubeʼning eng mashhur yulduzi MrBeast’ga sud tahdid solmoqda
YouTube platformasida 317 million obunachiga ega Jimmi Donaldsonga (MrBeast nomi bilan tanilgan) nisbatan ilgari surilayotgan 54 varaqli sud hujjatlari u uchun qiyin sinovga aylanishi mumkin.

Foto: MrBeast
YouTube platformasida 317 million obunachiga ega Jimmi Donaldsonga (MrBeast nomi bilan tanilgan) nisbatan ilgari surilayotgan 54 varaqli sud hujjatlari u uchun qiyin sinovga aylanishi mumkin, deb xabar beradi BBC.
Qayd etilishicha, blogerning Prime Video Beast Games shousida ishtirok etgan besh nafar qiz MrB2024 prodyuserlik kompaniyasi va Amazonʼni sudga bergan. Ushbu shouda 1000 nafar ishtirokchi 5 million dollar miqdoridagi mukofot uchun kurashgan.
Yuridik hujjatning ko‘plab tahrirlangan sahifalarida keltirilishicha, ular «xususan, jamoaviy tarzda» xotin-qizlarni yoqtirmaslik madaniyati rag‘batlantirilgan muhitda aziyat chekkan. Shuningdek, unda ishtirokchilar «to‘yib ovqatlanmagani va ortiqcha ish qilgani» qayd etilgan.
Barcha da’volari jamoatchilikdan yashirilgan bandlarning birida ta’kidlanishicha, javobgarlar «jinsiy zo‘ravonlik paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bergan».
Avgust oyida New York Times shouning o‘ndan ortiq ishtirokchisi bilan muloqot qilib, suratga olish maydonchasidan «bir necha kishi shifoxonaga yuborilganini», bundan tashqari, ishtirokchilardan biri 20 soatdan ortiq ovqatsiz qolganini aniqlagan edi. Shou ishtirokchilari, shuningdek, vaqtida dori-darmonlar bilan ta’minlanmaganini bildirgan.
MrBeast’ning videoroliklari — eng yuqori budjetli loyihalardir, ular orasida eng mashhur Netflix tomonidan ishlangan «Kalmar o‘yini» seriali syujyetini takrorlovchi shou bo‘lib, yutuqqa 456 ming dollar pul mukofoti qo‘yilgan.
Mavzuga oid

20:26 / 02.07.2025
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudi tergov sudyasi tezkor tadbirda ushlandi

10:13 / 02.07.2025
“Va’da qilgan tovon pulini bermay yurishibdi” - Farg‘onadagi portlashda to‘rt jigarini yo‘qotgan aya

23:00 / 28.06.2025
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti

20:46 / 26.06.2025