Toshkentda yosh ishchini kaltaklagan do‘kon xodimiga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi
Xodim ishchini xato qilgani uchun urgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

Foto: IIBB
Toshkentdagi Inbazar do‘konida yosh ishchini urgan va haqorat qilgan xodimga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 13 sentabr kuni Sergeli tumanida joylashgan savdo majmualarining birida ishlovchi 2001 yilda tug‘ilgan B.A. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida birga ishlovchi 2006 yilda tug‘ilgan M.T.ni urgan. Ushbu holat savdo majmuasining boshqa xodimi - 1998 yilda tug‘ilgan X.E. tomonidan videotasvirga olingan. Biroq, fuqaro M.T. mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan.
Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi («Mayda bezorilik») alomatlari bilan hujjat rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudiga yuborilgan.
Mavzuga oid

21:18
Toshkentda uy-joy nizosi ikki kishining o‘limi bilan tugadi

19:04 / 09.04.2025
Toshkentning beshta tumanida issiqlik tarmoqlari gidravlik sinovdan o‘tkaziladi

18:07 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda

16:55 / 08.04.2025