Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi rahbari Diana Jonson mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotgan vaqtda noma’lum shaxs uning hamyonini o‘g‘irlab ketdi.

Foto: PA Media
The Guardian xabar berishicha, hodisa vaqtida Jonson Politsiya superintendantlari assotsiatsiyasining anjumanida so‘zga chiqqandi. U o‘z nutqida g‘ayriijtimoiy xulq-atvor, o‘g‘rilik va do‘konlardan mol o‘g‘irlash epidemiyasi tarqalgani haqida ogohlantirgan. Vazirning ta’kidlashicha, “leyboristlar hukumati bu muammoni konservatorlardan meros qilib olgan”.
Konferensiya yakunlanganidan so‘ng, IIV rahbari shaxsiy buyumlari, shu jumladan, hamyoni o‘g‘irlangani to‘g‘risida politsiyaga ariza bilan murojaat qildi. Hozircha jinoyatchi aniqlanmagan.
IIVdagi manba Jonsondan hamyon o‘g‘irlanganini tasdiqladi.
BBC Buyuk Britaniya Milliy statistika xizmati ma’lumotlariga tayanib, xabar berishicha, Angliya va Uelsdagi do‘konlarda o‘g‘riliklar so‘nggi 20 yil ichida eng yuqori darajaga yetgan.
Mavzuga oid

14:55 / 03.07.2025
London va Berlin o‘zaro mudofaa shartnomasini imzolaydi

21:41 / 01.07.2025
Britaniyada qotil-hamshira ishi bo‘yicha yana uch kishi hibsga olindi

22:57 / 30.06.2025
Britaniyada ChatGPT tufayli endi ish boshlayotgan xodimlarga nisbatan talab tushib ketdi

19:19 / 29.06.2025