Ikki hududda elektrdan noqonuniy foydalanganlar 400 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
Ohangaron shahri va Namangan tumanida elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departament xabariga ko‘ra, departamentning Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.J. “Birlik” MFY hududidagi xonadonda qog‘oz hamda plastmassa buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 290,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ibrat” MFY hududidagi noturar qurilish obektida fuqarolar D.A. va A.A. elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, kompyuter xizmati ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yib, jami 138,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

11:56 / 16.04.2025
Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi

12:07 / 08.04.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgan klinika aniqlandi

09:14 / 05.04.2025
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

08:24 / 26.03.2025