Ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi
2024 yil 1 oktyabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025 yil 1 yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga 2028 yil 1 yanvargacha har oy 25-sanasiga qadar to‘langan QQS bir qismini qaytarish tizimi joriy etiladi.

Foto: AP
“O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2024 yil 1 oktyabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025 yil 1 yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga 2028 yil 1 yanvargacha har oyning 25-sanasiga qadar to‘langan QQSning bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika budjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi:
🔹 oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz qismi:
➖60 foizdan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga – budjetga to‘langan QQSning 40 foizi;
➖60 foizdan kam umumiy ovqatlanish korxonalariga – budjetga to‘langan QQSning 20 foizi;
🔹turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga – budjetga to‘langan QQSning 20 foizi.
2024 yil 1 noyabrdan barcha uchun ochiq holatda yuritiladigan Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri joriy qilinadi.
2025 yil 1 yanvardan nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatini to‘xtatib turishga faqatgina reyestrga kiritilgan omillar asosida yo‘l qo‘yiladi.
2025 yil 1 yanvardan nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfini aniqlash bo‘yicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.
Mavzuga oid

12:11 / 27.03.2025
Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

10:56 / 18.03.2025
QQS summasi o‘rnini qoplash tartibiga o‘zgartirish kiritildi

20:38 / 31.01.2025
Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklariga QQS to‘lovining 50 foizi qaytariladi

19:13 / 30.01.2025