Eronda tviti oyatullohning postidan ko‘proq layk olgan bloger 12 yilga qamaldi
Unga bir nechta moddalar bo‘yicha ayblov qo‘yildi, ular orasida Isroil foydasiga josuslik qilish ham bor.

Foto: iranintl.com
Eron sudi 31 avgust kuni bloger Husayn Shanbehzodani 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar bermoqda Iran International blogerning advokati Amir Raisyanga tayanib.
Shanbehzoda Eron rejimining tanqidchisi sifatida tanilgan. Bloger iyun oyida, X ijtimoiy tarmog‘ida bitta nuqtadan iborat tviti Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiydan ko‘ra ko‘proq layk to‘plaganidan keyin hibsga olingandi.
Advokatning aytishicha, Shanbehzodaga bir vaqtning o‘zida bir nechta moddalar bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. U “Isroilparast propoganda” uchun 5 yil, “islomiy qadamjolarni haqorat qilganlik” uchun yana 4 yil, “ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on tarqatganlik” uchun 2 yil, shuningdek, “davlatga qarshi propoganda” uchun bir yil qamoq jazosini oldi.
Advokatning aytishicha, sud hokimiyati sudlanuvchining “Isroilparast propaganda” olib borgani haqida hech qanday dalil taqdim etmagan. Yuristning so‘zlariga ko‘ra, ayblov uning “shaxsiy yozishmalari” asosida ilgari surilgan.
Boshqa ayblovlarga kelsak, deya ta’kidladi Raisyan, sud blogerning siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlagani, hijobni bekor qilish tarafdori bo‘lgani, “O‘lim jazosiga yo‘q” heshtegini ishlatgani, Erondagi saylovlarni tanqid qilib, Eron sobiq prezidenti Ibrohim Raisiyning vafotidan mamnun bo‘lganini asos qilib ko‘rsatgan.
Keyinroq Iran International bloger Isroil foydasiga josuslik qilishda ham ayblanganini ma’lum qildi. Sud hujjatlarida Shanbehzoda “Mossadning qochoq agenti” deb ataladi.
Advokat hukm ustidan shikoyat qilmoqchi. Ammo sudlanuvchi 12 yildan 5 yilini qamoqda o‘tkazishi kerak, shundan keyingina u muddatidan ilgari shartli ozod qilish to‘g‘risida ariza berishi mumkin.
Mavzuga oid

09:49
Tramp: Isroil Eronga qo‘shma zarba berishda yetakchi bo‘ladi

08:15 / 09.04.2025
Eron va AQSh yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlashga kelishib oldi

17:55 / 08.04.2025
Dunyoda o‘tgan yili 1518 kishi qatl etildi - bu so‘nggi 10 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich

15:55 / 08.04.2025