“Yutug‘ingiz bizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi” – Prezident Paralimpiya sovrindorlariga qo‘ng‘iroq qildi
Shavkat Mirziyoyev Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan Asila Mirzayorova va Qudratulla Ma’rufxo‘jayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbari boshqa sovrindor va ishtirokchi sportchilarga ham salom yo‘llab, muvaffaqiyatlar tiladi.
Prezident yengil atletikachilar Asila Mirzayorova va Qudratulla Ma’rufxo‘jayevni qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan O‘zbekiston nomidan tabriklab, ko‘rsatgan matonatlari uchun minnatdorlik bildirdi.
“Bu mashaqqatli mehnatingiz samarasi. Jahon chempionatida oltin medal olganingizda menda juda katta ishonch paydo bo‘lgan edi. Umidimizni oqlaganingiz uchun katta rahmat, qizim. Bu katta yutuq. Sevimli qizlarim nimaga qodir ekanligini dunyoga namoyish etdingiz”, dedi davlat rahbari Asila Mirzayorova bilan suhbatda.
Shavkat Mirziyoyev chempionlarni qizg‘in tabriklab, mehrli so‘zlarini izhor qildi. Murabbiylari va ota-onasiga minnatdorlik bildirdi. Boshqa sovrindor va ishtirokchi sportchilarga ham salom yo‘llab, muvaffaqiyatlar tiladi.
Ma’lumot uchun, Asila Mirzayorova uzunlikka sakrashda 5,22 metr natija qayd etib, salkam 30 yil oldingi paralimpiya rekordini yangiladi. Qudratulla Ma’rufxo‘jayev esa yadro uloqtirish bahsida g‘olib bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh: Ukraina bo‘yicha muzokaralar tufayli Rossiyaga bojlar joriy etilmaydi
Jahon | 09:40
-
“Mening bog‘im” loyihasining 2025 yilgi mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 09:18
-
Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 09:15
-
2025 yil uchun eng ishonchli avtomobillar e’lon qilindi: ular orasida Tahoe ham bor
Jahon | 09:00
Mavzuga oid

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

16:30 / 01.10.2024