Isroil Eronga har qanday hujumga javob qaytarilishi bilan tahdid qildi
Eron hujumi natijasida Isroil tomonida qurbonlar bo‘lmasa ham javob zarbasi beriladi, deb xabar qildi Isroil armiyasi radiosi.

Foto: Majid Asgaripour/WANA/Reuters
Isroil Eronning har qanday to‘g‘ridan to‘g‘ri hujumiga javoban Islom Respublikasi hududiga zarba beradi.
Isroil armiyasi radiosiga ko‘ra, Tel-Aviv bu haqda AQSh va qator Yevropa davlatlarini xabardor qilgan.
Radiostansiyaning qayd etishicha, javob zarbasi Eron hujumi natijasida Isroil tomonida qurbonlar bo‘lmagan taqdirda ham amalga oshiriladi.
Isroil Eron tomonidan joriy yilning aprel oyida yuzlab uchuvchisiz uchoqlar va raketalar uchirilganidan ko‘ra kattaroq hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar berdi kecha Isroilning KAN jamoat telekanali.
31 iyul kuni Falastinning Hamas harakati siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya Tehronda suiqasd natijasida halok bo‘ldi.
Eron va Hamas Isroilni qotillikni uyushtirganlikda aybladi.
Eron Hamas yetakchisining o‘ldirilishiga javob qaytarishga va’da berdi.
Mavzuga oid

10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi

10:24 / 19.05.2025
Isroil G‘azoga yana gumanitar yordam yetkazishga ruxsat berdi

23:13 / 18.05.2025
Isroil armiyasi G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi

22:36 / 17.05.2025