Tramp Harris haqida behayo so‘zlarni aytgani ma’lum bo‘ldi
Manbalar Tramp Harrisni bir necha marta so‘kkanini eshitganini ta’kidlamoqda.

Foto: The New York Times
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod Kamala Harrisga nisbatan shaxsiy suhbatlarda bir necha bor behayo so‘zlarni ishlatgan. Bu haqda The New York Times (NYT) xabardor manbalardan ma’lum qildi.
Nashrning ikki suhbatdoshi Tramp Harrisni bir necha marta so‘kkanini eshitganini ta’kidlagan. Boshqa bir manbaning aytishicha, AQSh sobiq prezidenti suiqasddan keyin vazminroq bo‘lishdan bosh tortgan. Nashrning tan olishicha, sobiq davlat rahbarining jahldorligi yaqin ittifoqchilari uni manipulyatsiya qilishi uchun yaxshi zamin yaratishi mumkin.
Avvalroq Tramp Harris o‘zining uquvsizligini yashirish uchun intervyu bermasligini aytgan edi. Siyosatchining ta’kidlashicha, agar Demokratik partiya nomzodi g‘alaba qozonsa, «Amerika yo‘q qilinadi». Avgust oyida Tramp Harrisning debatlarda ishtirok etishdan bosh tortganini uning IQ darajasi pastligi bilan bog‘lagan edi.
Tramp (Respublikachilar partiyasi) va Harris (Demokratik partiya) 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan AQSh prezidentligi saylovlarida asosiy raqobatchilar sanaladi.
Mavzuga oid

15:22 / 19.04.2025
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

13:03 / 19.04.2025
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti

11:33 / 19.04.2025
Reuters: Eron AQSh bilan yangi yadroviy kelishuv uchun kafolatlar olishni istayapti

08:35 / 19.04.2025