Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saidaziz Saidaliyev 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Yunusobod tuman sudi “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyevni 20 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, u tovlamachilik, firibgarlik, jinoiy uyushma tashkil etish va boshqa moddalar bilan aybdor deb topilib, umumiy tartibli koloniyada jazo o‘tashi belgilandi.

Foto: Oliy sud
“Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda 5 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudidan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Saidaliyev tovlamachilik, firibgarlik, jinoiy uyushma tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, bezorilik, pora berishda ishtirok etish jinoyatlari sodir qilgan deb topildi.
U jazoni umumiy koloniyada o‘tashi belgilandi.
Sud majlisida yana 28 kishiga nisbatan hukm o‘qilmoqda. Kun.uz bu haqda tez orada xabar beradi.

Saidaziz Saidaliyev qo‘lga olingani haqida poytaxt IIBB 2023 yil 2 dekabr kuni ma’lum qilgandi.
Ayblovga ko‘ra, 37 yoshli Saidaliyev sport bilan shug‘ullangan jismonan baquvvat shaxslarni o‘z atrofiga to‘plab, qator jinoyatlarni sodir etgan. Xususan, qarzdorlik va boshqa muammolari bo‘lgan shaxslarning muammolarini qonunni chetlab o‘tgan holda hal qilib berish evaziga moddiy jihatdan manfaatdor bo‘lish, tahdidlar yo‘li bilan pul mablag‘larini noqonuniy qo‘lga kiritish, bezorilik va tamagirlik holatlari shular jumlasidan.
O‘tgan yili noyabr-dekabr oylarida “ko‘cha olami” vakillari ekani aytiladigan boshqa qator shaxslar ham ushlandi. Iyul oyida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Mavzuga oid

14:39 / 24.07.2025
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

16:14 / 17.07.2025
Soliq nizolarini hal qilish vaqti qisqaradi

12:04 / 16.07.2025
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi

20:26 / 02.07.2025