7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanib kelgan MChJ aniqlandi
Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida 7,1 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, inspeksiya Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi hamda gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Marg‘ilon shahrida faoliyat yuritayotgan “Sh.I.D.” MChJning qurilmalari gaz hisoblagichdan tashqari, to‘g‘ridan to‘g‘ri tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga 7 milliard 143 million so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid

13:53
Yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarni gazga ulashda muammolar yuzaga kelyapti

12:47 / 04.07.2025
Iyunda 135 mlrd so‘mlik energiyadan noqonuniy foydalanildi

10:35 / 28.06.2025
1,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

09:20 / 27.06.2025