Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Baxti Tashkentskiy” ishida sudlanganlardan biri vafot etdi
Kun.uz manbasiga ko‘ra, Baxtiyor Qudratullayev bilan sudlanganlardan biri – 60 yoshli Shukurali Qurbonov sud hukmi o‘qilganidan bir kun o‘tib, vafot etgan. U Jinoyat kodeksining ikkita moddasi bo‘yicha ayblanib, 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortilgandi. Shukurali Qurbonov ishda Baxtiyor Qudratullayevdan keyingi ikkinchi figurant edi.

Baxtiyor Qudratullayev bilan birga sudlangan 36 nafar sudlanuvchidan biri vafot etgan. Buni Kun.uz’ning bir-biridan mustaqil uch manbasi tasdiqladi.
Manbaga ko‘ra, sudlanuvchilardan biri – 1964 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan Shukurali Qurbonov unga nisbatan sud hukmi e’lon qilinganidan bir kun o‘tib, vafot etgan.
Qurbonov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgandi. Unga 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan edi.
Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosovning Kun.uz’ga tasdiqlashicha, Shukurali Qurbonov infarkt bo‘lishi oqibatida vafot etgan.
Kun.uz holatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati rahbari bilan bog‘langanida “aniqlashtirib, ma’lumot berilishi” aytildi.
Eslatib o‘tamiz, 19 iyul kuni Baxtiyor Qudratullayev va 36 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilingandi. Sud hukmi bilan sudlanuvchilarga 3 yildan 20 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan. Hukmga ko‘ra, 6 kishi xavfli retsidivist deb topilgandi.
Mavzuga oid

14:39 / 24.07.2025
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

16:14 / 17.07.2025
Soliq nizolarini hal qilish vaqti qisqaradi

12:04 / 16.07.2025
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi

20:26 / 02.07.2025