“Qurilishdagi qo‘pol qonun buzilishlari bo‘yicha 179 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi” – Bosh prokuratura
Joriy yilning o‘tgan muddatida respublikadagi qurilish obektlarida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarida 338 ta holatda 25,5 mlrd so‘mlik ishlar sifatsiz bajarilgani hamda 138 ta holatda hisobotlarga 44,4 mlrd so‘mlik ishlar qo‘shib yozilgani aniqlangan. Loyiha hujjatlariga asossiz kiritilgan salkam 2,4 trln so‘m mablag‘ maqbullashtirilgan.

Foto: Kun.uz
AOKAda Bosh prokuratura mas’ul xodimi Mansur Ro‘zimov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda qurilish sohasida qonunchilik ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davrida qariyb 11 600 ta obektlarda qurilish va ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishi hamda ajratilgan mablag‘ning maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring ishlari amalga oshirilib, tizimli nazorat o‘rnatilgan. Dasturlar ijrosi bo‘yicha mutasaddilar faoliyatini samarali muvofiqlashtirib borish maqsadida Bosh prokuratura ishchi guruhi tomonidan respublikaning barcha hududlarida o‘rganishlar olib borildi.
Xususan, o‘rganishlar natijasida loyiha hujjatlariga asossiz kiritilgan salkam 2,4 trln so‘m mablag‘ maqbullashtirilgan. Shuningdek, obektlarda o‘tkazilgan monitoring tadbirlarida 338 ta holatda sifatsiz bajarilgan 25,5 mlrd so‘mlik hamda 138 ta holatda hisobotlarga qo‘shib yozilgan 44,4 mlrd so‘mlik ishlar bartaraf ettirilgan.
Sohada o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida noqonuniy hujjatlarni bekor qilish bo‘yicha 79 ta protest keltirilgan. Shuningdek, qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli idoralarga 360 ta taqdimnoma kiritilib, 1 104 nafar shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Qayd etilishicha, aniqlangan qo‘pol qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 179 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 90,1 mlrd so‘mlik zarar undirilishi ta’minlangan hamda 9 823 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklangan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar sun’iy intellektni imo-ishoralarni tanishga o‘rgatdi
Fan-texnika | 01:09
-
Osiyo Kubogi U-17. O‘zbekiston BAAni mag‘lub etib, yarimfinalga yo‘l oldi
Sport | 00:18
-
Tramp kosmik tadqiqotlar budjetini ikki barobarga qisqartirishga qaror qildi
Jahon | 23:45 / 13.04.2025
-
NYT: Mask departamenti AQSh budjeti xarajatlarini qisqartirishdagi o‘z muvaffaqiyatini oshirib ko‘rsatmoqda
Jahon | 23:25 / 13.04.2025
Mavzuga oid

14:42 / 11.04.2025
Raqobat qo‘mitasi qurilishni vaqtida tugallamagan qurilish kompaniyasiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

14:09 / 08.04.2025
Toshkentning Qorasaroy ko‘chasida tunnel qurilishi boshlandi

13:10 / 02.04.2025
Noqonuniy imoratlar haqidagi ma’lumotlarni Qurilish vazirligiga yuborish mumkin

13:38 / 28.03.2025