Buxoroda qurilish mollari do‘konida yong‘in chiqdi
Yong‘in oqibatida savdo do‘konining taxminan 40 kvadrat metr maydoniga zarar yetgan.
Buxoro tumanidagi savdo do‘konida yong‘in chiqdi. Bu haqda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun soat 12:16 da Buxoro tumani Xonabod mahallasi Qumrabod qishlog‘ida joylashgan qurilish mollari savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida savdo do‘konining taxminan 40 kvadrat metr maydonida shiftning plastik qoplamalari yongan.
Voqea joyiga 2 ta yong‘in qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Olov soat 12:40 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan yoki tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanayotgani bildirilgan.
Oldinroq Samarqandda sodir bo‘lgan yong‘inda beshta xonadon jiddiy zararlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

20:22 / 29.05.2025
Buxoro uchun Xitoydan 27 ta zamonaviy avtobus xarid qilindi

22:45 / 28.05.2025
«Afrosiyob» tezyurar poyezdining manyovr lokomotivida yong‘in chiqdi

20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

08:10 / 24.05.2025