Andijonda fuqaroni ayovsiz kaltaklagan shaxslar ushlandi
Bir necha kishi temir bo‘laklari va bita bilan bir kishini ayovsiz kaltaklagan. Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda bir guruh shaxslar bir kishini temir bo‘lagi va bitalar bilan kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Unda aytishicha, internentda tarqalgan holat bo‘yicha jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan barcha shaxslar ushlangan.
Ularga nisbatan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-modda 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan shaxslarga nisbatan jazoning muqararligi ta’minlanadi”, deyiladi munosabatda.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “i” bandida (bir guruh shaxslar tomonidan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxslarga uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid

14:22 / 02.04.2025
Andijonda Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 16 yoshli bolani urib yubordi

08:40 / 01.04.2025
Andijonda Spark YPX xodimini urib yubordi

23:19 / 31.03.2025
Andijonda masjidda gaz portladi. Asosiy ma’lumotlar

13:46 / 31.03.2025