Parkentda oraliq masofani saqlamagan «KAMAZ» sababli 4 ta avtomobilga zarar yetdi
2000 yilda tug‘ilgan haydovchi “KAMAZ”ni boshqarib kelayotib, oraliq masofani saqlamagani va harakat tezligini nazorat qila olmagani sababli o‘zi bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan 2 ta Cobalt, Spark va Lasetti ishtirokida YTH kuzatilgan.

Foto: IIBB YHXB
Parkent tumanida yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Joriy yilning 22 iyun kuni soat taxminan 11:30 larda Toshkent viloyati Parkent tumani hududidan o‘tgan 4R15 Qiziltog‘-Parkent-Yangibozor avtomobil yo‘lining 56-kilometrida (Markaziy bozor qarshisida) YTH kuzatildi.
Toshkent viloyati IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan R.N “KAMAZ” rusumli yuk mashinasini boshqarib kelayotib, oraliq masofani saqlamagani va harakat tezligini nazorat qila olmagani sababli o‘zi bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan 2 ta Cobalt, Spark va Lasetti rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Hozirda holat yuzasidan Parkent tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

23:06 / 18.06.2025
Shavkat Mirziyoyev «Oltin bel» cho‘qqisidagi tog‘-chang‘i kurorti loyihasi bilan tanishdi

19:28 / 18.06.2025
Prezident Parkent tumanida «Parkensoy» turar joy massivi qurilishi bilan tanishdi

21:16 / 10.04.2025
Parkentdagi tog‘da adashib qolgan ikki kishi qutqarildi

16:59 / 05.04.2025