Chirchiqda Spark kanalga tushib ketdi
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ayol haydovchi boshqaruvni yo‘qotgani oqibatida Spark suvga tushib ketdi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Spark avtomashinasi suvga tushib ketdi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.
Chirchiq shahar Iqbol mahallasi hududida 1971 yilda tug‘ilgan ayol (haydovchi D.M.) Spark mashinasida orqaga harakatlanayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib suvga tushib ketgan.
Mazkur jarayonda ishtirok etgan barcha fuqarolar shahar FVB xodimlari bilan hamkorlikda qutqarib olingan.
Voqeada tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomashina suvdan olib chiqildi. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid

19:51 / 02.04.2025
Chirchiqda janjal oqibatida bir kishi vafot etdi

08:40 / 01.04.2025
Andijonda Spark YPX xodimini urib yubordi

09:08 / 27.03.2025
Yangihayot tumanida Spark, Nexia-3 va Malibu-2 to‘qnashdi

22:37 / 10.03.2025