Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Denovda beshta savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi
Surxondaryo viloyati Denov tumani Namozgoh mahallasida joylashgan “Denov baraka yashil olami” MChJ hududidagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, bir qatorda joylashgan 5 ta savdo do‘konlarining 100 kvadrat metr maydonidagi oziq-ovqat mahsulotlari yong‘indan zararlangan.
Voqea joyiga Denov, Sho‘rchi, Oltinsoy va Sariosiyo tumanlari FVBning 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 23:16 da yetib borib, yong‘in soat 23:25 da qurshab olingan va soat 01:10 da o‘chirilgan.
Yong‘in qutqaruvchilarining sa’y-harakatlari natijasida majmuaning boshqa hududlariga yong‘in tarqalishi oldi olingan va favqulodda holat sodir bo‘lgan qatordagi savdo do‘konlari 700 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in kelib chiqishi sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

14:26 / 17.07.2025
Iroqdagi savdo markazida yong‘in: 80 ga yaqin kishi halok bo‘lgan (video)

11:40 / 17.07.2025
Seul ko‘chasida avtomobil yonib ketdi

09:57 / 17.07.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

15:59 / 16.07.2025