Sergeli mashina bozori yonida yong‘in sodir bo‘ldi
Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida ochiq maydonda quruq o‘t va shox-shabba hamda 1 ta nosoz holda turgan yuk avtomobili yonib zararlangan.

Foto: FVB axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli mashina bozori yaqinida yuk mashinalari yonayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Toshkent shahar FVB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun soat 11:49 da Toshkent shahar FVBga Sergeli tumani 6a-dahasida ochiq maydonda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:43 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:55da o‘chirilgan.
Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida ochiq maydonda quruq o‘t va shox-shabba hamda 1 ta nosoz holda turgan yuk avtomobili yonib zararlangan.
Qayd etilishicha, hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Mavzuga oid

17:05 / 08.04.2025
Chorsudagi beshik bozorida do‘konlardan biri yonib ketdi

10:51 / 08.04.2025
Sergelidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

09:52 / 05.04.2025
Toshkentda beton to‘siqqa urilgan BYD yonib ketdi

23:07 / 04.04.2025