Samarqandda Damas yo‘l chetidagi 2 nafar piyodani urib ketdi
Toyloq tumanida boshqaruvni yo‘qotgan Damas ikki nafar piyodani urib yubordi. Voqea sabab piyodalar va Damas ichidagi yo‘lovchi jarohat oldi.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati Toyloq tumanida Damas yo‘l chetidagi 2 nafar piyodani urib ketdi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB.
Qayd etilishicha, 2024 yil 10 iyun kuni soat 18:10 lar atrofida Toyloq tumani hududidan o‘tuvchi 4K-529A avtomobil yo‘lining 2-kilometrida Qo‘rg‘oncha-Qunduzak yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Damas ikki nafar piyodani urib yuborib YTH sodir etgan.
Oqibatda ikki nafar piyoda va transport vositasi ichida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi olgan tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
YTH oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toyloq tumani IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari boshlandi.
Mavzuga oid

17:58 / 03.06.2025
Buxoroda 36 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi ikkita Damas’da tashildi

16:22 / 31.05.2025
Qashqadaryoda 17 bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”

14:57 / 09.05.2025