«Navoiyazot» narxlarni sun’iy oshirish yo‘li bilan katta miqdorda daromad olgan
2021-2023 yillarda «Navoiyazot» AJ mineral o‘g‘it, polivinilxlorid va formalin mahsulotlarini tegishli jadval bo‘yicha birjaga chiqarmagan. Taklifning sun’iy ravishda kamaytirilishi ortidan narxlar 10 foizdan 50 foizgacha qimmatlashgan. Buning oqibatida jami 20,5 mlrd so‘m asossiz daromad olingan.

Mineral o‘g‘itlar bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan «Navoiyazot» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotishda narx manipulyatsiyasi aniqlangan. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.
Jumladan, 2021-2023 yillarda mineral o‘g‘it, polivinilxlorid va formalin mahsulotlari tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda va hajmlarda savdoga qo‘yilmagan. Buning oqibatida taklifning sun’iy ravishda kamaytirilishi ortidan narxlar o‘rtacha 10 foizdan 50 foizgacha oshib ketgan. Mazkur huquqbuzarliklar natijasida jamiyat tomonidan jami 20,5 mlrd so‘m asossiz daromad olingan.
«Navoiyazot» AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilishini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

10:42 / 02.04.2025
«Uzum Tezkor» ustun mavqega ega raqamli platforma deb topildi

21:05 / 27.03.2025
Buxoro neft zavodi jarimaga tortilgan. Raqobat qo‘mitasi tafsilotlarni ochiqlamadi

10:09 / 19.03.2025
Uzum Market ustun mavqega ega deb topildi

16:13 / 11.03.2025