Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ovqatdan zaharlanish holatlarida jabrlanganlar soni ma’lum qilindi
2024 yilning birinchi choragida 18 ta ovqatdan zaharlanish holatlari qayd etilgan bo‘lib, bunda 143 nafar fuqarolar jabrlangan.

Foto: Fotolia / Tom Wang
AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida oziq-ovqat xavfsizligi va yoz mavsumiga tayyorgarlik haqida ma’lumot berildi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida 600 millionga yaqin inson jabrlanadi.
420 ming kishi mikroorganizmlar yoki kimyoviy moddalar bilan ifloslangan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish natijasida vafot etadi. Achinarlisi, ularning 125 ming nafarini 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi.
Ovqatdan zaharlanish holatlarini tahlil qilganda aksariyat qismi uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida kasallanganlarga, keyingi o‘rinda esa kimyoviy moddalardan zaharlanganlar va yovvoyi qo‘ziqorin iste’mol etish natijasida zaharlanganlarga hamda ovqat toksikoinfeksiyasi qayd etilganlarga to‘g‘ri keladi.
Oziq-ovqat xavfsizligi ishlab chiqarishdan tortib, yig‘ib olish, qayta ishlash, saqlash, tarqatish, tayyorlash hamda iste’mol qilishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda muhim rol o‘ynaydi. Ishlab chiqarish zanjirining barcha bosqichida oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi yoki zararlanishi xavfi mavjud bo‘lib, ularning xavfsizligi uchun har bir ishtirokchi – tadbirkor javobgar.
Mavzuga oid

14:39 / 16.07.2025
AQShda yosh bolalar o‘rtasida nikotin bilan zaharlanish soni keskin oshdi

07:41 / 12.07.2025
Dog‘istonda 300 dan ortiq kishi suvdan zaharlandi

17:42 / 07.07.2025
Avstraliyalik ayol qarindoshlarini zaharli qo‘ziqorin bilan o‘ldirdi

09:12 / 22.05.2025