Samarqandda maktab o‘quvchisini “samosud” qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
U o‘quvchini maktabdan olib chiqib ketib urgani va sochini olib, qoshini kuydirgani aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda 30 yoshli shaxs Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanidagi 20-maktabga kelib, o‘quvchilardan birini olib chiqib ketgani, so‘ng uni urib yelkasini sindirgani, bolaning sochini kesib, qoshini kuydirgani haqida xabarlar tarqaldi.
U bu ishni o‘quvchi singlisiga hazillashgan bolani jazolash maqsadida amalga oshirgani aytilmoqda. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayev ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 2024 yil 18 may kuni holat yuzasidan Past Darg‘om tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

11:48 / 08.05.2025