09:37 / 16.05.2024
11441

Toshkentda navbati mavjud bo‘lmagan davlat bog‘chalari ro‘yxati e’lon qilindi

Poytaxtda navbati mavjud bo‘lmagan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ro‘yxati e’lon qilindi. Ushbu bog‘chalarga istalgan tumandan tarbiyalanuvchilar qabul qilinadi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahridagi maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi navbati mavjud bo‘lmagan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ro‘yxati e’lon qilindi.

Ular quyidagilar:

  • Bektemir: 572, 573
  • Mirobod: 66, 85, 135, 195, 507
  • Mirzo Ulug‘bek: 72, 83, 134, 270, 466, 456
  • Olmazor: 8, 65, 94, 181
  • Sergeli: 96
  • Uchtepa: 224, 328, 334, 361, 397, 409, 514, 529, 604
  • Chilonzor: 7, 266, 291, 526
  • Shayxontohur: 21, 84, 229, 461, 567, 607
  • Yunusobod: 33, 53, 136, 417, 485, 544
  • Yakkasaroy: 103, 132, 357, 362, 487
  • Yashnobod: 92, 237, 308, 373, 481, 529, 602

Mazkur MTTga bolani olib borish uchun Davlat xizmatlari markaziga ariza yuboriladi va qisqa muddat ichida murojaat qanoatlantiriladi.

Ushbu MTTga istalgan tumandan tarbiyalanuvchilar qabul qilinadi.

Top