Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 yoshli yigit Telegramdan soxta havola jo‘natib birovning 11,7 mln so‘m pulini o‘zlashtirdi
Yigit fuqarolarga Telegram orqali soxta havola jo‘natib bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan va ulardagi pullarni o‘zlashtirgan.

Foto: IIV Kiberxavfsizlik markazi
Toshkent shahrida yashovchi 39 yoshli B.R. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 11 mln 719 ming so‘m puli noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida yashovchi 20 yoshli X.Z. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan X.Z. internet foydalanuvchilariga Telegram orqali turli xil mazmunidagi soxta havola jo‘natib bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan va ulardagi pullarni o‘zlashtirgan.
Mazkur holat yuzasidan X.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid

13:49 / 18.06.2025
Denov tuman sudi sobiq raisiga oid jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda

20:07 / 22.04.2025
2025 yil birinchi choragida 4,7 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi

20:03 / 30.01.2025
Tergov sudyalari: ular kim va qanday vakolatlarga ega?

12:05 / 06.01.2025