08:25 / 06.05.2024
2608

Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 21 yoshli haydovchi jarohat oldi 

Chilonzor tumanida “Spark” va “Matiz” avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: IIBB YHXB

Joriy yilning 4 may kuni soat 12:50 larda Chilonzor tumani KHAY ko‘chasi 104-uy qarshisida 2 ta avtomashina ishtirokida YTH yuz berdi.

Haydovchilar: 2003 yilda tug‘ilgan A.Yu. boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashina va 1985 yilda tug‘ilgan J.Y. boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi kuzatildi.

YTH oqibatida “Spark” avtomashina haydovchisi tan jarohati olgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top