11:06 / 06.05.2024
2539

Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish va tarmoqqa ulash tartibi soddalashtirildi

Buning uchun yuridik shaxslarga bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda ruxsatnomalar beriladi.

Foto: Getty Images

Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish va tarmoqqa ulash tartib­-taomillarini soddalashtirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

O‘zbekiston prezidentining «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish va tarmoqqa ulash tartib­taomillarini soddalashtirildi.

Bunda yuridik shaxslar tomonidan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish va tarmoqqa ulash uchun ruxsat olish jarayonlari soddalashtirilgan holda, 1 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.

Energetika vazirligining buyrug‘iga muvofiq «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va «O‘zenergoinspeksiya» quvvatlantirish stansiyalarini tarmoqqa ulash uchun ruxsat olish jarayonlarini belgilangan muddatlarda kelishib berilishini ta’minlaydi.

Top