00:12 / 04.05.2024
11492

Parij-2024. O‘zbekiston guruh bosqichini Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi

Osiyo kubogi U23 finalida Yaponiyaga minimal hisobda mag‘lub bo‘lgan O‘zbekiston olimpiya jamoasining Parij-2024da qaysi guruhdan joy olishi oydinlashdi.

Temur Kapadze shogirdlari Osiyoning ikkinchi raqamli jamoasi sifatida 16 jamoa ishtirok etadigan turnirning «S» guruhidan o‘rin olishdi. Raqiblarimiz – Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi bo‘ladi.

O‘zbekiston guruh bosqichini Yevropa vitse-chempioni sanalmish Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Ikkinchi turda esa Afrikaning ikkinchi jamoasi bo‘lgan Misrga qarshi saf torsa, 3-turda musobaqaga Shimoliy Amerikaning 2-jamoasi sifatida kelgan Dominikanga qarshi o‘ynaydi.

«S» guruhi taqvimi bilan tanishing:

1-tur. 24 iyul

18:00. O‘zbekiston – Ispaniya

20:00. Misr – Dominikan

2-tur. 27 iyul

18:00. Dominikan – Ispaniya

20:00. O‘zbekiston – Misr

3-tur. 30 iyul

18:00. Dominikan – O‘zbekiston

20:00. Ispaniya – Misr

O‘yinlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Top