Bir oyda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 600 ta ish rasmiylashtirildi
O‘zbekistonda bir oyda energiya resurslaridan foydalanishda qoidalarini buzish bilan bog‘liq 600 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda qonun-qoidalarga rioya etilishi yuzasidan doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Joriy yilning aprel oyida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 600 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.
Xususan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlarning 354 tasi elektr energiyasi, 246 tasi esa tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga oid

12:47
Iyunda 135 mlrd so‘mlik energiyadan noqonuniy foydalanildi

09:55 / 20.06.2025
8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi

09:01 / 17.06.2025
Ko‘p qavatli uylarda elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

11:14 / 16.06.2025