07:36 / 27.04.2024
2328

O‘zbekiston TIV rahbari Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

Muloqot davomida O‘zbekiston – Rossiya strategik sherikligining keng ko‘lamli kun tartibi muhokama qilindi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatga tashrif buyurgan Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin bilan uchrashdi.

"Bugun TIVda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin janoblari bilan uchrashdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Muloqot davomida mamlakatlar rahbarlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston – Rossiya strategik sherikligining keng ko‘lamli kun tartibi muhokama qilindi.

Top