09:00 / 27.04.2024
3333

Ot sporti bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi ilk marta jamoaviy oltinni qo‘lga kiritdi

25 aprel kuni Toshkentdagi “Universal Horses Stable” arenasida ot sportining konkur turi bo‘yicha “CS01*-W Longines FEI Jumping Nations Cup Eurasian League” jamoaviy musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon O‘zbekistondan tashqari Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiyadan kelgan chavandozlar ikki bosqichli bellashuvlarda ishtirok etdi.

O‘zbekiston jamoasi tarkibidan tajribali sportchilar Azam Toliboyev, Oqil Sobirjonov va yosh avlod vakillaridan Abdurahmon Abdullayev, Dilshod Shokirov o‘rin oldi.

Musobaqa mezbonlari birinchi bosqichdan keyin yetakchilikni qo‘lga oldi. Ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston va Qirg‘iziston jamoalari o‘zaro bo‘lishib turgandi, lekin ikkinchi bosqichda Qozog‘iston jamoasi Qirg‘izistondan o‘zib ketdi. O‘zbekiston esa peshqadamlikni saqlab qoldi.

Top