18:28 / 25.04.2024
6241

O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi

Vakansiyalar soni 340 mingdan oshdi, bo‘sh ish o‘rinlari bor korxonalar soni 130 mingga yaqin.

Foto: mahalladosh.uz

24 aprel holatiga O‘zbekistonda 340 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rni bor. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, 6 milliondan ortiq mehnat shartnomasi yagona milliy mehnat tizimida (YaMMT) ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 

Ta’kidlanishicha, bo‘sh ish o‘rinlari soni 340 661 ta, shundan davlat tashkilotlarida - 86 543 ta, xususiy sub’yektlarda - 254 118 ta bo‘sh ish o‘rni bor. 

Bo‘sh ish o‘rinlari mavjud korxonalar soni 129 034 tani tashkil etgan.

Top