Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya O‘zbekistonda maishiy elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarmoqchi
Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Erwan Technology Sdn. Bhd. ijrochi direktori Li Yyeouv Lung bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Tomonlar O‘zbekistonda misni qayta ishlash uchun mavjud xomashyo bazasi, transformatorlar, kichik turdagi maishiy elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakat hududlarida qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qildi.
Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishlarda aniq loyihalarni ishlab chiqish maqsadida Malayziya kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid

15:00
O‘zbekiston va Malayziya xalqaro tan olingan o‘quv dasturlarini joriy etadi

09:37
Malayziya O‘zbekistonda bioreaktor tizimiga birinchi zavodni qurishi mumkin

21:25 / 10.07.2025
Malayziyada politsiya vertolyoti qulab tushdi

08:28 / 09.07.2025