Bayden Rossiya tufayli joriy etilgan favqulodda holatni bir yilga uzaytirdi
Qo‘shma Shtatlarda bunday choralarning joriy etilishi mamlakat prezidentiga muayyan muammoni hal qilish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish imkonini beradi.

Foto: Reuters
AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya harakatlari munosabati bilan 2021 yil 15 aprelda joriy etilgan favqulodda holat rejimini yana bir yilga uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.
«2021 yil 15 aprelda 14024-sonli Ijro farmoni bilan AQSh milliy xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyotiga Rossiya tashqi faoliyati tomonidan yuzaga keltirilgan tahdidga qarshi kurashish uchun Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar to‘g‘risidagi qonunga muvofiq milliy favqulodda holat e’lon qildim. Ushbu favqulodda holatni yana bir yilga uzaytiraman», deyiladi Oq uy matbuot bayonotida.
Qo‘shma Shtatlarda bunday choralarning joriy etilishi mamlakat prezidentiga muayyan muammoni hal qilish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish imkonini beradi. O‘z navbatida Kongress favqulodda holatni bekor qilishi mumkin.
Kongressga murojaatida, xususan, Bayden Moskvani «AQSh va boshqa mamlakatlarda erkin va adolatli saylovlarga to‘sqinlik qilishga urinishda» va «AQSh va uning ittifoqchilariga qarshi dushmanona kiberfaoliyatda qatnashishda» aybladi. Amerika rahbari, shuningdek, Rossiyani «AQSh xavfsizligi uchun muhim bo‘lgan mamlakatlar va mintaqalar xavfsizligiga putur yetkazishda» va xalqaro huquq tamoyillarini, shu jumladan boshqa davlatlarning hududiy suverenitetini buzishda ham aybladi.
Mavzuga oid

18:03 / 18.04.2025
«Bu bizning urush emas» - Agar muzokaralarda siljish bo‘lmasa, AQSh Ukrainada tinchlik o‘rnatish urinishlarini to‘xtatadi

17:34 / 18.04.2025
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi

13:53 / 18.04.2025
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi

13:46 / 18.04.2025