Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston internet resurslariga uch oyda 3 mlndan ortiq kiberhujum uyushtirildi
O‘zbekistonda 2024 yil 1-chorak holatiga ko‘ra monitoring jarayonida davlat organlari va tashkilotlarning 19 ta veb-resurslarida 70 ta zaiflik va kamchiliklar aniqlanib, bartaraf etildi.

Foto: Getty Images
“Kiberxavfsizlik markazi” xabariga ko‘ra, ushbu vaqt mobaynida internet tarmog‘ining milliy segmentida 3 million 290 mingdan ortiq kiberhujumlar kuzatilgan.
Kibermakonda mavjud zaifliklar va tahdidlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash, to‘plash va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora ko‘rish maqsadida, markazning monitoring tizimlari orqali davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot infratuzilmalarida aniqlangan 369 ming 660 dan ortiq kibertahdidlar bo‘yicha ma’lumotlar tegishli tashkilotlarga taqdim etilgan.
Kiberxavfsizlik talablariga rioya etilmagani sababli so‘nggi 3 oy mobaynida UZ domen zonasida joylashgan 45 ta veb-saytda kiberxavfsizlik hodisasi aniqlandi. Shulardan, 12 tasi davlat organlariga qolgan 33 tasi xususiy sektorga tegishli.
Mavzuga oid

22:18 / 22.07.2025
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV

07:36 / 22.07.2025
Bundestag doimiy kiberhujumlar haqida ma’lum qildi

23:30 / 18.07.2025
Ukraina «Gazprom» serverlariga keng ko‘lamli hakerlik hujumi uyushtirganini e’lon qildi

20:43 / 30.04.2025