Qirg‘izistondagi institutga kiritib qo‘yishini aytib, fuqarolardan 46 mln so‘m olganlar ushlandi
O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Peshku tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar M.H. va M.J. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ularni qo‘shni Qirg‘izistondagi institutga o‘qishga kiritib qo‘yib, keyinchalik o‘qishini O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan biriga ko‘chirtirib berishi evaziga jami 46 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlanib, M.J.ning ushbu pullar hisobidan 17 mln so‘mini qaytargani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

17:34
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali buzib tashlandi

15:32 / 05.06.2025
O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston yo‘lagida birinchi marta yuk tashildi

22:17 / 03.06.2025
Qirg‘iziston sobiq prezidenti sirtdan 11,5 yilga hukm qilindi

07:50 / 24.05.2025