Jizzaxda qarzdor tomonidan yashirilgan «Jyentra» ushlandi
Endi mashina auksionga chiqarilib, undan tushgan pul qarzni yopishga yo‘naltiriladi.
Jizzaxda qarzdor tomonidan yashirilgan «Jyentra» mashinasi ushlandi. Bu haqda Kun.uz’ga MIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 2023 yil 3 noyabrdagi hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «a», «v» bandlari va boshqa moddalari bilan sudlangan E.M.ga BHMning 150 baravari miqdorida 49,5 mln so‘m jarima jazosi tayinlangan.
Mazkur ijro varaqasi 2024 yil 20 fevral kunida byuroning Sh.Rashidov tuman bo‘limga kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijro harakatlari davomida tegishli tashkilotlardan olingan so‘rov natijalariga ko‘ra qarzdorda «Jyentra» mashinasi borligi aniqlangan. Mashinani topishning imkoni bo‘lmaganligi sababli avtotransportga qidiruv e’lon qilingan.
Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida qidiruvdagi «Jyentra» avtotransport vositasi Jizzax shahrida harakatlanayotganda topilib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Kelgusida ushbu avtomashina elektron-onlayn auksion savdolarida sotilib, sotuvdan tushgan pullardan mavjud qarzdorliklar qoplanadi.
Mavzuga oid

21:26 / 15.04.2025
Jizzaxda AES uchun birinchi ishlab chiqarish binolari qurilishi boshlandi

20:05 / 09.04.2025
Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

17:01 / 28.03.2025
Jizzaxda haydovchi yoqilg‘i baki qopqog‘ini yopmagani uchun zapravka xodimini kaltakladi

12:04 / 28.03.2025