Qumni noqonuniy qazib olib, davlatga qariyb 1 mlrd so‘m zarar yetkazgan shaxslar aniqlandi
Qashqadaryoda qum xomashyosini noqonuniy qazib olayotgan shaxslar aniqlandi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va G‘uzor tuman bo‘limi tomonidan viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi hamda "Xavfsiz daryo" boshqarmalari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.
Ularda fuqaro R.Q. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida Qashqadaryo daryosining G‘uzor va Qarshi tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi qismining muhofaza zonasi hisoblangan yer maydonlaridan maxsus texnikalari yordamida o‘zboshimchalik bilan 9,5 ming kub hajmdagi qum xomashyosini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 948,6 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

17:29 / 05.06.2025
Qashqadaryodagi «Langar ota» masjidi AQSh elchixonasi mablag‘lari hisobidan qayta ta’mirlandi

20:10 / 03.06.2025
Qashqadaryoda 74 ta qoidabuzarlik qilgan haydovchi ushlandi

18:46 / 31.05.2025
Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘ldi

16:22 / 31.05.2025