O‘zbekiston va Britaniya noyob metallarni qazib olishda hamkorlik qilishi mumkin
O‘zbekiston diplomatlari Britaniyaning Wardell Armstrong kompaniyasi direktori Che Osmond bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida rangli va noyob metallarni qazib olishda O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Che Osmond O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida minerallarni o‘rganish, qazish ishlarini loyihalashtirish, obektlardagi qurilish ishlarini muvofiqlashtirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Wardell Armstrong kompaniyasi direktorining III Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirokini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid

13:21 / 05.06.2025
O‘zbekiston parrandachilik mahsulotlari Britaniyaga yetkaziladi

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

14:38 / 28.05.2025
Samsung Display Rossiya metallarini sotib olishni to‘xtatdi

18:29 / 27.05.2025