Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Britaniya davolash pedagogikasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Chelsi jamoat kasalxonasi maktabi (Chelsea Community Hospital School – CCHS) direktori Janett Stil bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo
"Dunyo" xabariga ko‘ra, Janett Stil respublikada uzoq muddat davolanayotgan bolalar uchun to‘laqonli, to‘siqlarsiz ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Zamin xalqaro jamoat fondi tomonidan O‘zbekistonda davolash pedagogikasini rivojlantirish bo‘yicha ilk loyiha – "Mehrli maktab" alohida e’tiborga loyiq.
"O‘zbekistonda to‘laqonli o‘quv jarayoni tashkil etilgan, bemorlarning to‘xtovsiz davolanishiga imkon beruvchi maktablarning paydo bo‘lishi o‘z vaqtida amalga oshirilgan ishdir", – deydi u.
Janett Stil "Mehrli maktab" faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida CCHS Zamin xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida CCHS rahbariyati va Zamin xalqaro jamoat fondi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilish uchun onlayn uchrashuv tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
1989 yilda tashkil etilgan CCHS sog‘lig‘i yoki ruhiy kasalliklar tufayli oddiy maktabga bora olmaydigan 4 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga ixtisoslashtirilgan ta’lim xizmatlarini taqdim etadi.
Mavzuga oid

21:20 / 03.07.2025
Britaniyada Lordlar palatasining salkam 10 mln funtlik eshigi bo‘yicha tekshiruv o‘tkaziladi

08:16 / 02.07.2025
Britaniyada «Isroil armiyasiga o‘lim» shiori bo‘yicha tergov boshlandi

10:44 / 25.06.2025
Britaniya Rossiya va Eron tahdidlari fonida urushdan xavotirda

12:07 / 21.06.2025