Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva viloyatidagi konsert zalida noma’lum shaxslar odamlarni o‘qqa tutdi
O‘nlab qurbonlar borligi aytilmoqda, konsert zalida yong‘in boshlangan.
Rossiyaning Moskva viloyati, Krasnogorsk shahridagi «Krokus Siti Holl» konsert zalida otishma yuz berdi. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, noma’lum shaxslar avtomat miltiqdan odamlarga qarata o‘q uzgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘nlab qurbonlar bor. Voqea «Piknik» guruhining konserti boshlanishidan oldin sodir bo‘lgan.
Voqealarning dastlabki soniyalari aks etgan videolavhada qurollangan ikki kishi ko‘rinadi. Biroq, ularning soni kamida besh nafar ekani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, konsert zali binosida yong‘in boshlangan. Bunga portlash sabab bo‘lgani aytilmoqda. Bino tomining bir qismi qulab tushgan.
Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov voqea joyiga yetib borgan. «Men voqea joyidaman. Operativ shtab tuzildi. Barcha tafsilotlar keyinroq», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Moskva viloyatining huquq-tartibot idoralari, maxsus kuchlari «trevoga» bilan oyoqqa turg‘izilgan.
Mavzuga oid

08:51
Putin yuz minglab qo‘riqchilarga qurol tarqatishni buyurdi

07:26
Hindiston qirg‘oqlarida Rossiya nefti yuklangan tankerlar harakatsiz turibdi

07:09
Rossiyalik hakerlar o‘zini "Kasperskiy laboratoriyasi" sifatida ko‘rsatgan

19:26 / 03.08.2025