Sutni qayta ishlash sexi 1,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Xorazmda 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi.

Foto: Bosh prokuratura
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “M.M.S” MChJ rahbari N.R. jamiyatga qarashli sut mahsulotlarini qayta ishlash sexida tijorat maqsadlarida ikki dona bug‘ qozonlarini tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 1 mlrd 983 mln so‘mlik 1 mln 322 ming metr kub gazni yashirin ravishda o‘g‘irlagani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan “M.M.S” MChJ rahbari N.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yonilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Mavzuga oid

12:53 / 17.04.2025
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

11:18 / 17.04.2025
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi

11:00 / 15.04.2025
Reuters: YeI kompaniyalari Rossiya gazi importini oshirmoqchi

07:29 / 15.04.2025