Toshkent viloyatida 31 yoshli erkak poyezd urib yuborishi oqibatida vafot etdi
O‘rta Chirchiqda temiryo‘l belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 31 yoshli erkakni poyezd urib yubordi. Oqibatda u voqea joyida halok bo‘ldi.

Foto: «Millar» dasturi
5 mart kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida poyezd urib yuborgan 31 yoshli erkak vafot etdi.
«Millar» dasturida xabar qilinishicha, erkak temiryo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan bo‘lgan. Oqibatda uni yo‘lovchi poyezd urib yuborgan va erkak voqea joyida vafot etgan.
Tergovga qadar tekshiruv ishlar davomida fuqaro spirtli ichimlik iste’mol qilgani aniqlangan. Marhumning onasi o‘g‘li bir kun oldin farzandli bo‘lgani, ayolini tug‘ruqxonadan olib chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rish maqsadida uyidan chiqib ketganini bildirgan.
Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

21:42 / 18.06.2025
Qo‘shmachi “provodnik”: poyezd kupesi ishratxonaga aylantirilgani aniqlandi

09:53 / 17.06.2025
O‘zbekistonda jazirama sabab poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi

11:51 / 13.06.2025
Fransiya banki O‘zbekistonga yangi samolyotlar va poyezdlar xarid qilishda yordam berishi mumkin

19:08 / 09.06.2025