Marg‘ilonda o‘qituvchi telefonini o‘quvchiga otib, boshini yordi
Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida o‘qituvchi telefonini o‘quvchiga otib, boshini yordi. Tuman IIB tergovga qadar tekshiruvni boshladi.

Foto: Videodan kadr
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabariga ko‘ra, 5 mart kuni Marg‘ilon shahridagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi hojatxonaga chiqib kelish uchun o‘qituvchidan ruxsat so‘ragan, ammo o‘qituvchi ruxsat bermagan. Shundan so‘ng, bola zarurat yuzasidan sinfdan chiqqan va birozdan keyin qaytib kelgan. O‘qituvchi esa uning ruxsatsiz harakatidan va gaplashib o‘tirishidan jahli chiqib, telefonini unga qarata otgan. Oqibatda bolaning boshi yorilgan.
O‘quvchiga maktab hamshirasi tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilib, boshi bog‘langan. Uyga shu holatda borgan vaqtida bolaning onasi uni shifoxonaga olib borgan. Unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgani ta’kidlanmoqda.
O‘qituvchining harakati yuzasidan tuman IIB tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda. O‘quvchiga sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mavzuga oid

20:26 / 05.04.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot

16:56 / 27.03.2025
Toshkent viloyatida bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olindi

10:12 / 18.03.2025