Andijonda chiroq o‘chishi tufayli ona va uning uch bolasi liftda qamalib qoldi
FVB xodimlari ona va uning bolalariga yordam ko‘rsatgan. To‘xtab qolgan liftdan ularni sog‘-salomat chiqarib olgan.

Foto: FVB
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida ko‘p qavatli uyning liftida qamalib qolgan ona va uning uch nafar bolasi qutqarilgan.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun, 2 mart kuni sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Qo‘rg‘ontepa FVBga “Yangi hayot” MFY O‘yingoh ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning liftida 4 nafar fuqaro qolib ketgani to‘g‘risida fuqarolar tomonidan murojaat kelib tushgan.
Berilgan xabarga asosan FVV qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, liftda qolib ketgan ona va uning 3 nafar farzandiga amaliy yordam ko‘rsatgan. Ular sog‘-salomat liftdan chiqarib olingan.
Andijon viloyati FVB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, ayol va bolalarning liftda qamalib qolishiga chiroq o‘chib qolgani sabab bo‘lgan.
Avvalroq, Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylardan birining lifti nosozligi tufayli to‘qqizinchi qavatdan pastga qulab tushgani aytilgandi. O‘shanda uning ichida odamlar ham bo‘lgan. Lift 5-qavatga yetganda tormozi ishlab ketib, ularga zarar yetmagandi.
Mavzuga oid

20:32 / 30.06.2025
Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

00:51 / 18.06.2025
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi

09:53 / 15.06.2025
Andijonda temiryo‘ldagi sisternaga chiqqan erkakni tok urdi

22:20 / 13.06.2025