IQ darajasi bo‘yicha mamlakatlar reytingi tuzildi
Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari reytingda yuqori o‘rinlarni egalladi.

Foto: Freepik
Janubiy Koreya, Xitoy va Eronda yashovchi odamlar eng yuqori IQ darajasiga ega. Bu haqda International IQ test portali tomonidan e’lon qilingan 2023 yilgi reytingdan ma’lum bo‘lmoqda. O‘zbekiston 80-o‘rinda qayd etildi.
IQ darajasi (ing. intelligence quotient - «ay-kyu» deb o‘qiladi) - bu odam aql-zakovat darajasining miqdoriy bahosi (aqliy rivojlanish koeffitsiyenti), maxsus testlar yordamida aniqlanadi.
Qayd qilinishicha, IQ test reytingi International IQ test portali orqali ixtiyoriy testdan o‘tgan odamlarning natijalariga asosan tuzilgan. 2023 yilgi hisobotga ko‘ra, 115 mamlakatdan qariyb 1,7 mln kishi bu testni topshirgan.
Insonning o‘rtacha IQ darajasi 100 ballni tashkil qiladi. 100 dan yuqori qiymatlar o‘rtachadan yuqori, 100 dan past qiymatlar o‘rtachadan past deb hisoblanadi. IQ darajasi 70 balldan past bo‘lsa, aqliy zaiflik mavjudligini ko‘rsatadi.
2023 yilgi IQ darajasi reytingi quyidagicha:
1. Janubiy Koreya: 107,54 ball
2. Xitoy: 106,99 ball
3. Eron: 106,84 ball
4. Yaponiya: 106,18 ball
5. Singapur: 106,18 ball
6. Avstriya: 102,71 ball
7. Kanada: 102,6 ball
8. Germaniya: 102,36 ball
9. Sloveniya: 102,31 ball
10. Mo‘g‘uliston: 102,3 ball
…
64. Qozog‘iston: 97,26
80. O‘zbekiston: 94,81
89. Qirg‘iziston: 93,46
97. Tojikiston: 92,1
Ro‘yxatning eng oxirida Gabon, Kongo, Angola, Kongo DR, Kot-d’Ivuar, Nikaragua va Gvatemala kabi davlatlar joy olgan.
Mavzuga oid

17:24 / 05.06.2025
O‘zbekiston yashash narxi eng arzon davlatlar qatoriga kirdi

01:08 / 03.06.2025
Britaniyalik 2 yoshli bola Mensa tarixidagi eng yosh dahoga aylandi

19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi

20:13 / 16.05.2025