O‘zbekiston va Vengriya avtomobilsozlikda qo‘shma loyihani amalga oshirmoqchi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirligi davlat kotibi o‘rinbosari onlayn muzokaralar chog‘ida bo‘lajak siyosiy muloqotlar jadvalini muhokama qildi.

Foto: «Dunyo» AA
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligining Sharqiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha davlat kotibi o‘rinbosari Adam Shtifter bilan video-konferens-aloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Vengriya kun tartibining dolzarb jihatlari, bo‘lajak siyosiy muloqotlar jadvali, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi.
Savdo va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu nuqtayi nazardan, yirik iqtisodiy tadbirlarni tashkil etish, farmatsevtika, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va avtomobilsozlik sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
Hududlararo aloqalarni, xususan, Jizzax va Diyor-Moshon-Shopron, shuningdek, Samarqand va Haydu-Bihar o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

17:20 / 28.05.2025
Birlik sari 71 qadam. Turkiy liderlar ilk marta Vengriyada yig‘ildi

12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

16:41 / 22.05.2025