Isroil O‘zbekistonda tibbiy klinika ochishni rejalashtiryapti
Tel-Aviv shahrida Isroil bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda O‘zbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: «Dunyo» AA
O‘zbekiston elchisi Jahongir Aminov Isroilning Sapir Medical Clinic kompaniyasi bosh direktori va ushbu mamlakatning tibbiy turizm assotsiatsiyasi raisi Mark Katsenelson bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tadbirda asosiy urg‘u O‘zbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim va amaliy dasturlarni amalga oshirish hamda Isroil klinikasini ochishga qaratildi.
Mark Katsenelsonning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda Isroilning ilg‘or tibbiy texnologiyalaridan muvaffaqiyatli foydalanish mumkin, bu tibbiy ta’lim, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa manfaatdor muassasalar bilan birgalikda tibbiy turizm doirasida O‘zbekistonga xorijlik bemorlarni jalb etish, o‘quv-amaliy dasturlar hamda respublikada Isroil klinikasini barpo etish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqishga kelishib olindi.
Mavzuga oid

15:21 / 06.06.2025
Germaniyada faollar Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni talab qildi

15:00 / 05.06.2025
Ispaniya Isroil bilan raketalar yetkazib berish bo‘yicha shartnomani to‘xtatdi

14:25 / 05.06.2025
Isroil armiyasining G‘azoga hujumida bir kunda 97 kishi halok bo‘ldi

15:14 / 04.06.2025