Samarqandda elektr va gazdan noqonuniy foydalangan iste’molchilar tizimga 5 mlrd so‘m zarar yetkazdi
Eng katta zararni gazdan noqonuniy foydalangan Paxtachi tumanidagi issiqxona yetkazgan.

Foto: Energetika vazirligi
Samarqand viloyatida ayrim iste’molchilarning energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlari natijasida tizimga 5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 7-9 fevral kunlari «O‘zenergoinspeksiya», Bosh prokuratura, IIV hamda elektr va gaz ta’minoti korxonalari xodimlari hamkorlikda Samarqand viloyatida o‘tkazgan nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 23 ta holat aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, oqibatda tizimga 5 mlrd so‘mlik zarar keltirilgan.
Xususan, Paxtachi tumanida «X.Q.S.» MChJga qarashli issiqxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida 3,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Urgut tumanida «S.N.» MChJga qarashli ishlab chiqarish sexining transformatori o‘zboshimchalik bilan almashtirilgan va ushbu holat bo‘yicha 700 mln so‘m miqdorida qayta-hisob amalga oshirilgan.
Qayd etilishicha, qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Mavzuga oid

09:27 / 15.05.2025
Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan

12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi

10:20 / 05.05.2025