Davlat xaridlarida sun’iy intellektdan foydalanilishi mumkin
O‘zbekistonda davlat xaridlarini amalga oshirishda namunaviy texnik shartlarni ishlab chiqish va bu sohaga sun’iy intellektni joriy qilgan holda, xarid komissiyalari faoliyatini tugatish taklif etilmoqda.
Bunda, xarid ishtirokchilari kiritgan ma’lumotlar boshqa integratsiyalashgan bazalar ma’lumotlari asosida sun’iy intellekt tomonidan avtomatik baholanadi.
Bu – 2024 yilgi davlat dasturi loyihasida keltirilgan. Yuqorida qayd etilgan tizimni 2024 yil dekabrgacha ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
2024 yil sentabrga qadar esa:
- xarid hujjatlarining namunaviy raqamli shakllarini ishlab chiqish;
- xarid hujjatlarini elektron tarzda shakllantirish va kelishish amaliyotini bosqichma-bosqich joriy qilish;
- ishtirokchilarning takliflarini baholashda inson omilini bosqichma-bosqich qisqartirishni nazarda tutish taklif etilmoqda.
Davlat xaridlari sohasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni tuzishdan oldin mazkur shartnomalarni majburiy tartibda jamoatchilikka ochiqlash tizimini joriy qilish ham ko‘zda tutilgan.
Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan sub’yektlarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqilishi va ularni qisqartirish choralarini ko‘rilishi mumkin.
Davlat dasturi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 14 fevralgacha davom etadi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Radar ovlovchi» – Andijonda haydovchi 52 ta radarni pnevmatik miltig‘i bilan ishdan chiqardi
O‘zbekiston | 20:14
-
Xitoy uzluksiz 30 soatgacha parvoz qilishga qodir dronni taqdim etdi
Fan-texnika | 20:00
-
Isroil aviazarbasi G‘azo shahridagi oxirgi shifoxonaning bir qismini vayron qildi
Jahon | 19:47
-
CNN Turk: Rossiya va Ukraina 15-16 aprel kunlari Anqarada muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 19:11
Mavzuga oid

21:35 / 11.04.2025
Google eng kuchli sun’iy intellekt protsessorini taqdim etdi

21:36 / 08.04.2025
Reuters: Trampni tanqid qilayotgan davlat xizmatchilarini kuzatishda sun’iy intellektdan foydalanilmoqda

21:43 / 07.04.2025
AQShda 14 yoshli o‘smir yurak kasalliklarini sanoqli soniyalarda aniqlashga qodir ilovani ishlab chiqdi

18:51 / 06.04.2025